Huawei Nvidia bilan raqobat uchun yangi sunʼiy intellekt chipini muddatidan oldin taqdim etadi

Huawei Nvidia bilan raqobat uchun yangi sunʼiy intellekt chipini muddatidan oldin taqdim etadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Huawei oʻzining Ascend 960 sunʼiy intellekt chipini chiqarish muddatini 2027-yilning birinchi choragiga koʻchirdi.
  • Kompaniya har yili chip imkoniyatlarini ikki barobar oshirib borishni rejalashtirmoqda.
  • Huawei yuz minglab, kelgusida esa millionlab sunʼiy intellekt chiplarini yagona kompyuter tarmogʻiga birlashtirish ustida ishlamoqda.

Xitoyning texnologiya giganti Huawei oʻzining yangi avlodga mansub Ascend 960DT sunʼiy intellekt chipini chiqarish muddatini oʻzgartirib, uni 2027-yilning birinchi choragiga koʻchirdi. TechCrunch nashrining xabar berishicha, bu haqda kompaniya vakili payshanba kuni boʻlib oʻtgan Huawei Connect anjumanida maʼlum qilgan. Avvalroq mazkur chipni 2027-yilning uchinchi choragida bozorga chiqarish rejalashtirilgan edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Huawei vakilining soʻzlariga koʻra, yangi Ascend 960chiplari belgilangan muddatdan ancha oldin tayyor boʻlmoqda va har yili oʻz imkoniyatlarini ikki barobar oshirib bormoqda. Ushbu yangilangan jadval haqida kompaniyaning muvaqqat raisi Devid Van anjuman davomida rasman eʼlon qilgan. Mazkur bayonot AQSh Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Rahbari Si Szinpinning Vashingtonda uchrashishi kutilayotgan sanaga toʻgʻri keldi.

Peerium Computing Architecture va yirik superkompyuterlar

Hozirgi kunda Huawei yuz minglab, kelgusida эsa millionlab sunʼiy intellekt chiplarini yagona ulkan kompyuter tarmogʻiga birlashtirish ustida ish olib bormoqda. Xitoylik texnologiya giganti ushbu yondashuvni Peerium Computing Architecture deb atamoqda. Tizim protsessorlarni xotira, maʼlumotlar ombori va tarmoq uskunalari bilan bogʻlashga xizmat qiluvchi UnifiedBus texnologiyasiga tayanadi.

Huawei raisi Erik Syuning taʼkidlashicha, kompaniya ham oʻqitish, ham maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan yirikroq sunʼiy intellekt tizimlarini yaratish uchun aynan yangi Peerium arxitekturasidan foydalanmoqda. Ushbu arxitekturaga asoslangan Atlas 950 SuperPoD va SuperCluster kompaniyaning ilk tizimlari boʻlib, bitta Atlas 950 SuperCluster 256 tagacha tezlatkich kartalarini oʻzaro bogʻlay oladi.

Sanoat tahlilchilari va xalqaro cheklovlar fonidagi vaziyat

Biroq chip taqdimoti muddatining qisqarishi Huawei tizimlarining koʻlami borasida ayrim savollarni keltirib chiqardi. Mashhur texnologiya tahlilchisi Rui Ma X platformasida yozishicha, avvalroq kompaniya Atlas 960 SuperPoD tizimi 15 488 ta Ascend 960 chipini qamrab olishini maʼlum qilgan boʻlsa, soʻnggi eʼlonda 4 096 ta chipdan iborat tizim tilga olingan. Tahlilchining fikricha, chipning oʻzi juda barvaqt tayyor boʻlayotganiga qaram-da, taqdim etilgan SuperPoD tizimi rejalashtirilganidan kichikroqdir.

Maʼlumki, AQShning Xitoy ilgʻor yarimoʻtkazgich texnologiyalaridan foydalanishini cheklashiga qaramay, Huawei oʻzining chip borasidagi rejalarini izchil davom ettirmoqda. Rui Ma taʼkidlaganidek, xavfsizlik va oʻz-oʻzini taʼminlash masalalari ustuvor boʻlgan bir paytda, bunday cheklovlar Xitoyning yarimoʻtkazgichlar sohasidagi taraqqiyotini toʻxtatib qolishi dargumon.

Financial Times nashri maʼlumotiga koʻra, Erik Syu Xitoy AQShni quvib yetish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirishi lozimligini, mamlakat kompaniyalari kuchliroq sunʼiy intellekt tizimlari keltirib chiqaradigan xavflarni toʻliq tushunishi uchun ham oldinga qadam tashlashi kerakligini urgʻunlagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar