Zelenskiy: “Putin tez orada o‘ladi va hammasi tugaydi”

1 daqiqa o'qish2.6K
Zelenskiy: “Putin tez orada o‘ladi va hammasi tugaydi”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tez orada vafot etadi, bu esa urush tugaganini anglatadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Eurovision News telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.

Zelenskiy rossiyalik hamkasbining qo‘rquvlari haqida gapirdi.

- "U jamiyatining beqarorlashuvidan qo‘rqadi. Biroq hech kim bunga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uning o‘zi bunga ta’sir qiladi, iqtisodiyoti, sanksion siyosati va hududlarining barchasini nazorat hamda himoya qila olmasligi bilan. Agar bizning hamkorlarimiz o‘z kuchlarini to‘liq namoyon etsa, turli kuchlarning birlashuvi bunga yanada turtki beradi. Putinga bosim o‘tkazishsa, u jamiyatining beqarorlashuvidan qo‘rqadi. Ya’ni Putin aynan shundan qo‘rqadi", dedi Ukraina rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari qo‘rqadigan yana bir narsa o‘z kuchini yo‘qotishdir.

- "Bu jamiyatning barqarorligiga ham, uning yoshiga ham bog‘liq. U tez orada o‘ladi, bu aniq va hammasi tugaydi. Ya’ni u o‘zining mutlaqo xavfsiz va muvaffaqiyatsiz tarixiy hayotini yakunlashidan oldin uning taqdiri hal bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u yolg‘iz qolishdan ham xavotirda. Putinni siyosiy jihatdan to‘liq izolyatsiya qilish imkoni bo‘lmadi. Men Putindan yoshman. Menga ishoning. Mening istiqbolim yaxshiroq", deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.

U Kremlni izolyatsiya qilishga urinishlariga qaramay, ba’zi Global Janub davlatlari u bilan aloqada bo‘lishda davom etayotganini qayd etdi. Ukraina prezidenti, shuningdek, o‘z maqsadini “farzandlarim ko‘chada bemalol yurib, yashirinmasdan, ularga munosib qarashlarini istayapman” deya izohladi.

Zelenskiy nima uchun 72 yoshli Putin “tez orada” vafot etadi deb hisoblayotganini tushuntirmadi, jurnalistlar ham bu haqda qayta so‘ramadi. Suhbatning umumiy mazmuni va ushbu iboraning undagi o‘rniga qarab, Zelenskiy eng yaqin kelajakni nazarda tutmaganini taxmin qilish mumkin.
Foto: AP Photo
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?