date
views 210

Turk korvetlari endi Malayziya suvlarida

Turk korvetlari endi Malayziya suvlarida
Turkiyaning STM mudofaa kompaniyasi Malayziya Qirollik Dengiz Kuchlari uchun uchta ADA sinfidagi korvet qurilishini boshladi, deb zamin.uz xabar berdi.

Istanbulda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda kemaning birinchi bosqichi — korpus osti qo‘yilishi amalga oshirildi. Loyihalar LMS Batch-2 dasturi doirasida yuritilmoqda.

Malayziya bu turdagi turk korvetlarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi birinchi mijoziга айланди. Kema dushman havosiga, dengizdagi tahdidlarga ва электрон урушларга қарши кураша олади.

STM dizayn, qurilish, tizim integratsiyasi ва логистика учун жавобгар. Har bir kema 99.5 metr uzunlikka, 26 tugun tezlikka ega ва 7400 km masofani bosib o‘tadi. Unda 111 nafar ekipaj joylashadi, shuningdek, vertolyot angari ва yonilg‘i tizimi bor.

Kema quyidagi qurollar bilan jihozlanadi:
  • Leonardo 76 mm to‘pi (Italiya),
  • Aselsan Smash 30 mm avtomatik qurol (Turkiya),
  • Roketsan Atmaca raketalari,
  • Haegung havo mudofaa tizimi (Janubiy Koreya),
  • Havelsan boshqaruv tizimi, radar va EW uskunalari.

Kema yetkazilishi 2027-yil oxirigacha rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo