date
views 114

Pfizer semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatdi

Pfizer semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatdi
Pfizer semirishga qarshi Danuglipron dori vositasi ustidagi ishlarni to‘xtatdi, deb bloomberg.com xabar berdi. Sabab — klinik sinovlarda bir ishtirokchida jigar bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta’sir aniqlandi.

Kompaniya bu qaror orqali vazn kamaytiruvchi dorilar bozoridagi yetakchilar — Novo Nordisk va Eli Lilly bilan raqobatni to‘xtatishi mumkin. Pfizer sinovlarning so‘nggi bosqichini o‘tkazmaydi va e’tiborni semirishga qarshi erta bosqichdagi yechimlarga qaratadi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, COVID-19 davrida katta daromad olgan Pfizer endi vazn yo‘qotish bozorida faol harakat qilmoqchi edi. Bu soha 2030 yilga kelib 130 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pfizer semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatdi