20:26 / 20.11.2016
7 185

Hindistondagi poezd halokati qurbonlari soni ortib bormoqda

Hindistondagi poezd halokati qurbonlari soni ortib bormoqda

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida poezdning halokatga uchrashi qurbonlari soni 123 kishini tashkil qilmoqda. Mahalliy nashrlarda yozilishicha, fojia oqibatida yaralanganlar soni 200 nafardan ortgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Bundan avvalgi xabarlarda 90 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.

Kanpur shahridan 100 kilometr narida Indor-Patna ekspressining 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 3:00da ro‘y bergani bois yo‘lovchilarning ko‘pchiligi uxlayotgan edi.

Hindiston yo‘l vaziri Suresh Prabxu bu hodisa bo‘yicha sinchikovlik bilan tekshiruvlar olib borilishi, aybdorlar topilib jazolanishi haqida ma’lum qilgan. U shuningdek, qurbonlarning oilalariga 350 ming rupiydan (5,2 ming dollar) bir martalik mukofotlar, jarohatlanganlarga esa 50 ming rupiydan (735 dollar) berilishi haqida bildirgan. Shuningdek, hodisa ro‘y bergan shtat uchun ham moliyaviy ko‘mak ajratiladi.

Aholisi 1,2 mlrd kishi bo‘lgan Hindistonda temir yo‘l eng ommaviy transport vositasi hisoblanadi va har kuni mamlakatdagi temir yo‘llar 20 million nafarga yaqin kishini o‘z manziliga etkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistondagi poezd halokati qurbonlari soni ortib bormoqda