
Armaniston poytaxti Yerevanda Usmonli imperiyasi davrida sodir etilgan armanlar genotsidining 110 yilligi munosabati bilan mash’ala yurishi tashkil etildi. Respublika maydonidan boshlangan aksiya paytida ayrim ishtirokchilar Turkiya va Ozarbayjon davlat bayroqlarini yoqib yuborgan.
Shu munosabat bilan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan juda keskin munosabat bildirdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan ma’lum qildi.
«Bosh vazir Pashinyan bu kabi harakatlarni mas’uliyatsizlik va mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaydi. Bir davlat, ayniqsa, qo‘shni mamlakatlarning xalqaro miqyosda tan olingan bayroqlariga qarshi bunday muomala bosh vazir tomonidan qattiq qoralanishi tabiiydir. Bunday xatti-harakatlar provokatsiya va fitnadan boshqa narsa emas», – dedi Bagdasaryan.
Uning ta’kidlashicha, shu bilan birga Nikol Pashinyan Ozarbayjon qurolli kuchlarining Syunik viloyatiga qarashli Xoznavar qishlog‘idagi turar-joy binosiga o‘q uzish holatini ham qoraladi. U Ozarbayjon tomonini vaziyatni har tomonlama o‘rganib chiqib, sodir bo‘lgan hodisalarga tezlik bilan rasmiy tushuntirish berishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday voqealar xalqaro munosabatlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli ham bosh vazir Nikol Pashinyan mojaroni keskinlashtiruvchi har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar