Ukrainada o‘zbekistonlik manyak umrbodga hukm qilindi

1 daqiqa o'qish1K
Ukrainada o‘zbekistonlik manyak umrbodga hukm qilindi
Ukrainada so‘nggi 10 yil ichida ilk bor seriyaviy qotilga sud hukmi chiqarildi. Bu jinoyat ishi bo‘yicha Ukraina Milliy politsiyasi tergovni yakunladi va aybdor sifatida O‘zbekiston fuqarosi aniqlangani ma’lum qilindi, deb UPL.uz xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yildan 2024 yilgacha u 11 kishini — 8 erkak va 3 ayolni vahshiylarcha o‘ldirgan. U qurbonlar bilan tanishib, ishonchlarini qozongan, ko‘pincha spirtli ichimliklar ichilgan holda vaqt o‘tkazgan. Qurbonlar hushyorlikni yo‘qotganida, u bo‘g‘ish yoki tosh bilan urish orqali ularni o‘ldirgan. So‘ng ularning pullari, taqinchoqlari va qimmatbaho buyumlarini o‘marib ketgan.

Eng dahshatli voqealardan biri Kiyevning Goloseyev tumanida sodir bo‘lgan — gul do‘koni xodimasi 34 marta pichoqlangan. Ushbu jinoyat orqali tergovchilar maniyak iziga tushishgan va boshqa jinoyatlarni ham fosh etishgan.

Sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?