Rossiya migrantlardan VICH haqida ma'lumot talab qilmoqchi

1 daqiqa o'qish809
Rossiya migrantlardan VICH haqida ma'lumot talab qilmoqchi
Rossiyada mehnat migrantlari uchun yangi talab — VICH infeksiyasi yo‘qligini tasdiqlovchi majburiy ma’lumotnoma joriy etilishi mumkin, deb nova24.uz sayti xabar berdi.

TASS ma’lumotiga ko‘ra, bu tashabbus Davlat Dumasining taklifi bilan ilgari surilgan. Qonun loyihasi Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Yaroslav Nilov tomonidan ishlab chiqilgan.

Hozirda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan migrantlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun 30 kun beriladi. Mamlakatga 90 kundan ortiq muddatga kelayotganlar uchun bu muddat 90 kungacha uzaytiriladi.

Nilov tomonidan taklif qilingan o‘zgarishlarga ko‘ra, chet ellik fuqaro chegaradan o‘tayotganda tibbiy sug‘urta, VICH, B va C gepatitlari, sil va sifilis yo‘qligini tasdiqlovchi tahlil natijalarini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Bu tahlillar Rossiyaga kirishdan kamida 10 kun oldin olingan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, narkotik va psixotrop moddalar yo‘qligini ko‘rsatuvchi test natijasi ham kirishdan 72 soat oldin olingan bo‘lishi shart qilib qo‘yiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?