date
views 506

Anjelina Joli yoshligida killer yollagani ma’lum bo‘ldi: sababi hayratlanarli

Anjelina Joli yoshligida killer yollagani ma’lum bo‘ldi: sababi hayratlanarli
Hollivudning mashhur yulduzi Anjelina Jolining yoshligi kutilmagan va ajoyib voqealarga boy bo‘lgan. Ko‘pchilik uchun bu fakt juda hayratlanarli tuyulishi mumkin, lekin mashhur aktrisa o‘z vaqtida killer yollashga uringan. Buning sababi esa juda g‘alati va kutilmagan edi.

Anjelina Joli yoshligida jiddiy ruhiy qiyinchiliklarga duch kelgan. U hatto bir necha marta hayot bilan xayrlashishni rejalashtirgan. Lekin aktrisa o‘z joniga qasd qilishni istamagan, chunki bu holat uning oila a’zolari va yaqinlariga og‘ir ruhiy jarohat yetkazishini yaxshi bilgan.

Shu sababli, aktrisa o‘ziga killer yollash orqali bu muammoni hal qilishni rejalashtiradi. Uning fikricha, agar uning o‘limi killer orqali amalga oshirilsa, yaqinlari bu holatda o‘zlarini aybdor his qilmasliklari mumkin edi. Anjelina chindan ham killerni topishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq killer aktrisaning g‘aroyib buyurtmasini kechiktirishni afzal ko‘radi. Bu haqida Joli 2001 yilda quyidagilarni aytgan:

“U juda aqlli va mulohazali inson edi. Unga buyurtmani bajarishdan avval ikki oy o‘ylab ko‘rishimni taklif qildi va keyin yana qo‘ng‘iroq qilishim mumkinligini aytdi”, — deydi Anjelina Joli.

Aytish mumkinki, aynan ushbu ikki oylik davrda aktrisa ichki inqirozini yengib, o‘zini ancha yaxshi his qila boshlaydi. Natijada aktrisa killerga bergan buyurtmasini bekor qiladi va hayotga nisbatan yangicha, ijobiy qarashlarga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, bu kutilmagan voqea tufayli Anjelina Joli hayotdagi muammolarni yengib o‘tgan va keyinchalik butun dunyoga tanilgan yulduzga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli yoshligida killer yollagani ma’lum bo‘ldi: sababi hayratlanarli