
Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlar har bir sportchi uchun shaxsiy brendni mustahkamlash, shuningdek, ommaviylikni oshirish uchun eng qulay vositaga aylanib ulgurdi. Ayniqsa Instagram platformasi dunyo yulduzlari hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bois, bugun siz bilan birga sport olamidagi mashhur shaxslarning Instagram sahifalariga bir nazar tashlab, ularning qaysi biri eng ko‘p muxlislarga ega ekanini ko‘rib chiqamiz.
Eng yuqori o‘rinda kim turibdi?
Instagramda eng ko‘p kuzatuvchilarga ega sportchi sifatida futbol yulduzi, portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda. Uning sahifasidagi obunachilar soni ajoyib ko‘rsatkich – 653 million kishini tashkil qiladi.
Undan keyin ikkinchi o‘rinni uning abadiy raqibi, argentinalik afsona Lionel Messi egallagan. "Inter Mayami"ning yulduz futbolchisi 505 million obunachiga ega.
Shu bilan birga, kuchli uchlikni kutilmagan nom – kriket yulduzi Virat Koxli egallamoqda. Hindistonlik mashhur sportchi 271 milliondan ortiq insonning diqqat markazida.
Eng mashhur 25 sportchi reytingi bilan tanishing:
1. Futbol | Krishtianu Ronaldu – 653 mln.
2. Futbol | Lionel Messi – 505 mln.
3. Kriket | Virat Koxli – 271 mln.
4. Futbol | Neymar – 229 mln.
5. Basketbol | Lebron Jeyms – 159 mln.
6. Futbol | Kilian Mbappe – 123 mln.
7. Futbol | Devid Bekxem – 88,1 mln.
8. Futbol | Ronaldino – 77,1 mln.
9. Futbol | Karim Benzema – 75,8 mln.
10. Futbol | Marselo – 68,7 mln.
11. Futbol | Serxio Ramos – 65,8 mln.
12. Futbol | Muhammad Saloh – 64,8 mln.
13. Futbol | Zlatan Ibragimovich – 63,2 mln.
14. Futbol | Pol Pogba – 62,9 mln.
15. Basketbol | Stefen Karri – 58,1 mln.
16. Futbol | Paulo Dibala – 57,2 mln.
17. Futbol | Vinisius Junior – 53 mln.
18. Futbol | Garet Beyl – 52,9 mln.
19. Futbol | Xames Rodriges – 52,5 mln.
20. Kriket | Sachin Tendulkar – 50,6 mln.
21. Kriket | Maxendra Singx Doni – 49,7 mln.
22. Futbol | Luis Suares – 48,6 mln.
23. MMA | Konor Makgregor – 46,6 mln.
24. Futbol | Zinedin Zidan – 43,9 mln.
25. Kriket | Roxit Sharma – 43,6 mln.
Kimlar yetakchi va kimlar ortda qolmoqda?
Futbol olamining vakillari ro‘yxatda mutlaq ko‘pchilikni tashkil qiladi va yuqori o‘rinlarni egallagan. Hammaga ma’lum bo‘lgan yulduzlar – Ronaldu, Messi, Neymar kabilar top-5 talikda. Basketbolda Lebron Jeyms va Stefen Karri kabi afsonalar mavjud bo‘lsa, kriketda esa Virat Koxli va Sachin Tendulkar kabi yulduzlar muxlislarning e’tibor markazida turibdi.
Shu bilan birga, ko‘pchilik uchun syurpriz bo‘lgan holat – boks yulduzlari bu ro‘yxatda joy olmagan. Masalan, bugungi kunda mashhur bo‘lgan Tayson Fyuri, Saul “Kanelo” Alvares yoki Entoni Joshua kabi afsonalar hozircha bu reytingga kirmagan.
Yaqin kelajakda sportchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari soni yanada o‘sishi shubhasiz. Bu esa reytingda katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Shu bois, bu kabi qiziqarli reytinglarni doimiy kuzatib borishga arziydi!
FutbolKrishtianu RonalduLionel MessiVirat KoxliOmmaviylikIjtimoiy Tarmoqlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar