
Bugun kechasi Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasi — UYEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan muhim javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Milan shahridagi “San-Siro” stadionida “Inter” va “Barselona” jamoalari katta final uchun kurash olib boradi.
Mazkur to‘qnashuv oldidan bir qator nufuzli xalqaro nashrlar bahsga doir o‘z taxminlarini eʼlon qildi. Qiziq tomoni shundaki, deyarli barcha tahlilchilar ushbu uchrashuvda mehmon jamoa — “Barselona”ning g‘alabasini kutmoqda.
Jumladan, britaniyalik “SportMole” nashrining taxminiga ko‘ra, to‘qnashuv 1:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakun topadi. Nashr mutaxassislari “Barsa”ning hujumdagi yuqori samaradorligi va Lamin Yamal, Ferran Torres kabi yosh yulduzlarning o‘yinlarini asosiy afzallik sifatida ko‘rsatishgan.
Shu bilan birga, amerikalik “CBS Sports” tahlilchilari ham “Inter” – “Barselona” uchrashuvini 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga tugashini bashorat qilgan. Ular “Barselona”ning birinchi o‘yindagi yuqori tempi va tezkor pas almashinuvini nazarda tutib, bu o‘yinda ham shunga o‘xshash ssenariy bo‘lishi mumkinligini taʼkidlashgan.
“Sportskeeda” nashri ham o‘z prognozida “Inter” 1:2 “Barselona” natijasini ko‘rsatdi. Ularning fikricha, “Inter” bir gol kiritishga qodir, ammo “Barsa”ning hujumdagi kreativ va tezkor o‘yini natijada g‘alabani ularga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk bahs juda dramatik tarzda 3:3 hisobida yakunlangan edi. Shu sabab javob uchrashuvi Yevropa miqyosidagi eng intiqlik bilan kutilgan uchrashuvlardan biriga aylandi.
Tahlilchilarning fikrlari qanchalik to‘g‘ri chiqadi, buni albatta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bilib olamiz. Bitta narsa aniq — bu kecha futbol ixlosmandlari uchun haqiqiy tantanaga aylanishi kutilmoqda. Siz qaysi jamoaning g‘alabasini kutyapsiz?
Isroil HukumatiNorozilik NamoyishlariG‘azo SektoriFalastin DavlatiHarbiy AmaliyotBMT Bosh Kotibi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar