
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov «G‘alaba kuni» bayrami oldidan maxsus xizmatlar Kreml va Qizil maydon hududida «terrorchilik hujumlari tahdidining oldini olganini» aytdi. Bu haqda u «Interfaks» bilan suhbatda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Ukraina Rossiyaga qarata yuzlab dron va «Storm Shadow» raketalarini uchirgani, ularning aksariyati urib tushirilganini aytgan.
«Prezidentimiz yaqinda nishonlangan buyuk G‘alaba yubileyi muhimligini ta’kidlab, Rossiya bayram arafasida uch kunlik sulh e’lon qilganini, shundan so‘ng 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya hududiga 524 ta dron uchirganini, shuningdek, Amerikaning «Storm Shadow» raketalarini uchirganini eslatdi. Ularning deyarli barchasi Moskvaga yo‘llandi, bir vaqtning o‘zida poytaxt markazida va Qizil maydonda teraktlar tahdidi oldi olindi», dedi Ushakov («Storm Shadow» aslida AQSH emas, balki Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan ishlab chiqariladi va yetkaziladi).
Ushakovning ta’kidlashicha, Putin «albatta, bu haqda Trampga tasodifan aytmagan, chunki ukrainaliklar bayram tadbirlaridagi chet ellik ishtirokchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid qilishgan», shuningdek, «xorijiy yetakchilarni qo‘rqitishga va ularning Moskvaga kelishiga to‘sqinlik qilishga» uringan. Rossiya tomoni «bu qo‘rqitish mualliflari natsist jinoyatchilarni hurmat qiladigan va militaristik qarashlarni targ‘ib qiluvchilar bo‘lganini» ta’kidlamoqchi edi.
Putinning yordamchisi «ikki prezidentning kechagi suhbatida bu mavzu yetarlicha batafsil muhokama qilindi va buni alohida ta’kidlash joiz», dedi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlar «Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatlarimiz ittifoqchi bo‘lib, fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaga qarshi birgalikda kurashgani haqida uzoq va iliq so‘zlashgan».
6 va 7 may kunlari Moskva va Rossiyaning boshqa hududlaridagi aeroportlar Ukraina dronlarining hujumlari tufayli ish faoliyatini to‘xtatdi. 8 may kuni tushdan keyin Rosaviatsiya Moskva viloyati aeroportlarida vaziyat barqarorlashgani haqida xabar berdi.
Foto: RIA Novosti
Rossiya PrezidentiG‘alaba KuniUkraina DronlariTelefon SuhbatTerrorchilik HujumlariKreml Qizil MaydonVladimir PutinDonald TrampIkkinchi Jahon Urushi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar