date
views 183

HAMAS va AQSH kelishuvi: G‘azoda o‘t ochish to‘xtashi mumkin

HAMAS va AQSH kelishuvi: G‘azoda o‘t ochish to‘xtashi mumkin
HAMAS harakati AQSH bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil askarlarini mintaqadan olib chiqish va gumanitar yordam yetkazilishini tiklashga doir umumiy tamoyillar asosida kelishuvga erishilganini e’lon qildi.

Bu haqda Falastin harakatining rasmiy Telegram sahifasida ma’lumot berildi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, ma’lum miqdordagi falastinlik mahbuslar ozod qilinishi evaziga, 10 nafar isroillik garovga olingan shaxslar qo‘yib yuboriladi. Shuningdek, halok bo‘lgan asirlarning bir nechta jasadlari ham Isroil tomoniga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur kelishuv hududda nisbiy tinchlikni ta’minlash va muhtoj aholiga insonparvarlik ko‘magini yetkazishga zamin yaratishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS va AQSH kelishuvi: G‘azoda o‘t ochish to‘xtashi mumkin