Yangi koronavirus shtammi AQSHda xavotir uyg‘otmoqda

1 daqiqa o'qish484
Yangi koronavirus shtammi AQSHda xavotir uyg‘otmoqda
AQShda yangi koronavirus shtammi — NB.1.81 bilan bog‘liq xavotir va hushyorlik oshmoqda. Ushbu shtamm ilk bor Xitoyda aniqlangan bo‘lib, yuqori yuqumli xususiyatga ega bo‘lgani sababli tezda butun dunyoga tarqaldi.

Shu yilning mart oyida Gonkongda ilk kasallanish holati qayd etilgan va qisqa vaqt ichida Osiyo davlatlarida ham tarqalgan. Yaqinda NB.1.81 ning Nyu-Yorkda aniqlanishi AQSh aholisi o‘rtasida qo‘rquv va xavotirni yanada kuchaytirdi. Xitoyda esa bu shtamm bilan bog‘liq shifoxonaga yotqizishlar ikki barobar oshgan, 30 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan va 81 nafar bemorda kasallik og‘ir kechmoqda.

NB.1.81 avvalgi shtammlarga qaraganda tezroq yuqadi. Lekin shifokorlar kasallik alomatlari oldingi shtammlar bilan bir xil ekanini aytishmoqda: baland harorat, charchoq, tomoq og‘rig‘i va quruq yo‘tal kuzatilmoqda. Hozircha Gonkongda yangi genotipning avvalgilaridan xavfliroq ekanligi bo‘yicha xulosalar yo‘q.

Rossiyalik infeksionist Vladimir Chulanovning ta’kidlashicha, hozircha Rossiyada qo‘shimcha cheklovlar kiritishga hojat yo‘q. Chunki NB.1.81 shtammi bilan bog‘liq kasallik og‘irligi boshqa variantlardan farq qilmaydi. Sankt-Peterburgda aniqlangan ikki holatda ham bemorlar to‘liq sog‘aygani aytilmoqda, deb yozadi AN.

Ushbu xabarlar sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratish va ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligini yana bir bor eslatadi. Mutaxassislar esa jarayonni sinchiklab kuzatib borishni maslahat berishmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?