Rossiyada xorijiy SIM-kartalardan qo'ng'iroqlar qabul qilish taqiqlanishi mumkin

1 daqiqa o'qish586
Rossiyada xorijiy SIM-kartalardan qo'ng'iroqlar qabul qilish taqiqlanishi mumkin
Rossiyada telefon qallobligiga qarshi kurashish maqsadida yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra, rossiyalik abonentlarga xorijiy SIM-kartalardan kelayotgan qo'ng'iroqlarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin, deb xabar berdi Rozetked.me.

Loyihaga ko'ra, xorijiy raqamlardan qo'ng'iroqlar qabul qilishni xohlagan abonentlar o'z operatorlariga bu haqida oldindan xabar berishi kerak bo'ladi. Operatorlar esa bunday qo'ng'iroqlarni maxsus belgilar bilan ajratib ko'rsatishi shart bo'ladi.

Shuningdek, operatorlar qalloblikda gumon qilingan raqamlarni bloklashlari va maxsus reyestrga kiritishlari talab etiladi. Agar operator bunday raqamni bloklamasa va abonentga zarar yetkazilsa, operator ushbu zararini qoplashga majbur bo'ladi.

Qonun loyihasi hozirda muhokama jarayonida bo'lib, 2026 yil 1 martdan kuchga kirishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?