AQSh 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamoga yubormoqchi
1 daqiqa o'qish224

AQSh hukumati Kubadagi Guantanamo harbiy bazasida joylashgan qamoqxonaga minglab noqonuniy migrantlarni yuborishni rejalashtirmoqda, deb nova24.uz The Washington Post manbasiga tayanib xabar berdi.
Taxminan 9 000 kishi, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Belgiya, Niderlandiya, Litva, Polsha va Ukraina fuqarolari hamda Gaitidan kelgan migrantlar bu ro‘yxatga kiritilgan. Ular hozirda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ushbu choralar AQSh qamoqxonalarining haddan tashqari to‘lib ketgani va Trampning migratsion siyosatining keskinlashgani bilan bog‘liq. Tramp ilgari 30 000 migrantni vaqtincha Kubaga joylashtirib, so‘ng deportatsiya qilishni rejalashtirgan edi.
Shuningdek, AQSh hukumatining bu harakatlari haqida ittifoqchi davlatlarga ogohlantirishsiz amalga oshirilishi ehtimoli borligi qayd etilgan. Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda ochilgan va asosan terrorchilikda gumon qilingan shaxslar saqlangan. U ko‘plab inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilinib kelinmoqda.

- #AQSh Hukumati
- #Guantanamo Qamoqxonasida
- #Noqonuniy Migrantlar
- #Migratsion Siyosat
- #Inson Huquqlari Tashkilotlari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…