
13 iyunga o‘tar kechasi dunyo e’tiborini tortgan voqea ro‘y berdi: Isroil harbiy samolyotlari Eronga qarshi hujum boshladi. Bu haqda CNN va boshqa xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi. Qizig‘i shundaki, AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu hujumdan bir necha soat avval bu kabi ssenariydan qochish umidini bildirgan.
"Men bunday vaziyat yuz berishini xohlamayman. Bu mintaqadagi barqarorlikni to‘liq o‘zgartiradi", — degan Tramp Eronning yadroviy dasturini diplomatik yo‘l bilan cheklashga umid qilganini bildirib.
Isroil hujumi AQSHning bevosita ishtirokisiz amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Eron hukumati bu yerda Vashingtonning “qo‘li borligini” ham fosh etdi. Shu bois, vaziyat nafaqat Yaqin Sharq, balki global siyosiy muvozanatga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tramp, ayni paytda, o‘z partiyasi ichidagi tashqi siyosatdagi keskin qarama-qarshiliklar orasida qolgan. Bir qator respublikachilar, jumladan senator Lindsi Grem, hujumni qo‘llab-quvvatlagan va ijtimoiy tarmoqlarda "o‘yin boshlandi" deb bayonot bergan.
Tramp esa, o‘zining sobiq ma’muriyatining tashqi siyosatdagi boshqaruv usulidan farqli ravishda, Amerika harbiy kuchlarining xalqaro mojarolarga aralashuvi borasida ehtiyotkor pozitsiyada ekanini yana bir bor qayd etdi.
Belgilanishicha, Isroilning Eronga hujumi AQSH harbiylari uchun kutilmagan voqea bo‘lmagan. Prezident ma’muriyati avvalroq Yaqin Sharqdagi o‘z fuqarolari va harbiylarning xavfsizligini ta’minlash uchun ayrim xodimlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilgandi.
12 iyun kuni Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning hujum rejasidan xabardor bo‘lgan va uni bir necha bor ushbu harakatdan qaytarishga uringan. AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham qisqa bayonot bilan Amerika bu zarbalarda ishtirok etmaganini ma’lum qildi:
"Biz Eronga qarshi amalga oshirilgan bir tomonlama zarbalarda ishtirok etmadik. Bizning asosiy maqsad — Yaqin Sharqdagi Amerika kuchlarini himoya qilish. Isroil bu zarbani o‘zini himoya qilishning yagona yo‘li deb hisobladi", — dedi Rubio.
Hozirda Eron tomoni javob harakatlarini tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu mojaro yangi bosqichga ko‘tarilishining ehtimoli katta. AQSH esa diplomatik va harbiy muvozanatni saqlash uchun vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar