O‘zbekistonda 100 qizga 108 o‘g‘il to‘g‘ri kelmoqda — Qashqadaryoda ko‘rsatkich yuqori

O‘zbekistonda 100 qizga 108 o‘g‘il to‘g‘ri kelmoqda — Qashqadaryoda ko‘rsatkich yuqori

2010–2025 yillarda O‘zbekistonda qariyb 12,5 million chaqaloq tug‘ilgan. Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 6,48 million nafarga yaqini o‘g‘il, 6 millionga yaqini esa qiz bolalardir.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davrda har 100 nafar qiz bolaga o‘rtacha 108 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan. 2010–2025 yillar davomida viloyatda 100 nafar qiz bolaga qariyb 109 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgan.

Namangan va Jizzax viloyatlarida ham o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Mazkur davrda Namanganda har 100 nafar qizga qariyb 108 nafar, Jizzaxda esa 108 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgan.

Qayd etish kerakki, mazkur raqamlar 2010–2025 yillar bo‘yicha jami tug‘ilishlar asosida hisoblangan nisbatni bildiradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar