Xorxe Jezus Krishtianu Ronalduni nima uchun almashtirganini tushuntirdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Portugaliya bosh murabbiyi Xorxe Jezus Uelsga qarshi o'yinda Krishtianu Ronalduni almashtirishining sababini tushuntirdi.
- Murabbiyning aytishicha, Ronaldu o'yin oxirida jismoniy jihatdan charchagan va oldingi chiziqda talab qilinadigan yuqori pressingni bajara olmagan.
- Shuningdek, Jezus o'yinning so'nggi daqiqalari jamoaga faollik va tezkorlik talab qilganini, shuning uchun tezkor o'yinchini maydonga tushirishni rejalashtirganini ta'kidladi.
Millatlar ligasi doirasida boʻlib oʻtgan Uelsga qarshi oʻyin Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu uchun biroz omadsiz keldi. Uchrashuv davomida qulay imkoniyatdan foydalana olmagan tajribali hujumchi ikkinchi boʻlimda maydonni tark etishga majbur boʻldi. Goal.com xabar qilishicha, bosh murabbiy Xorxe Jezus mazkur keskin qarorning taktik sabablarini ochiq-oydin tushuntirib berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Payshanba kuni oʻtkazilgan bahsda portugaliyaliklar qiyin 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi. 41 yoshli hujumchi oʻyin davomida oʻzini koʻrsatishga qiynaldi va juda qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi. Yarim himoyachi Ruben Nevesning ajoyib uzatmasidan keyin Ronaldu deyarli yuz foizlik vaziyatdan foydalana olmadi.
Shu boisdan bosh murabbiy Xorxe Jezus 68-daqiqada keskin oʻzgarishga qoʻl qaror qildi va sardorni zaxiraga oldi. Kanal 11 telekanaliga bergan intervyusida mutaxassis Ronalduning jismoniy holatiga bergan bahosi va bu qaror ortidagi sabablarni bayon etdi.
Taktik ehtiyoj va jismoniy holat
Jezusning soʻzlariga koʻra, uchrashuvning soʻnggi daqiqalari butunlay boshqacha yondashuvni talab qilgan. Maydonda uch ochkoni saqlab qolish uchun jamoaga faollik va tezkorlik zarur boʻlgan edi.«Oʻyin bizdan shunday oʻzgarishni talab qildi», – dedi Jezus jurnalistlarga bergan intervyusida. Oʻyin yakunlanishiga 25 daqiqa qolganida, murabbiy raqib markaziy himoyachilariga bosim uyushtira oladigan tezkor oʻyinchini maydonga tushirishni rejalashtirgan.
Terma jamoa safida 234 ta uchrashuvda oʻtkazib, 146 ta gol muallifiga aylangan Ronaldu bellashuv oxiriga kelib jismoniy jihatdan charchagani sezildi. Jezus oʻzining yulduz futbolchisi oldingi chiziqda talab qilinadigan yuqori pressingni bajarishga kuchi qolmaganini tan oldi.
«Cris endi buni uddalay olmasdi», – deya izoh berdi Benfikaning sobiq ustozi. Shuningdek, murabbiy hujum chizigʻida ham futbolchidan bundan ortiq natija kutib boʻlmasligini yaxshi tushunganini qoʻshimcha qildi.






























Izohlar 0
…