Eron raketasi Isroil xavfsizlik markazini nishonga oldi

1 daqiqa o'qish3.1K
Eron raketasi Isroil xavfsizlik markazini nishonga oldi
Yaqin Sharqdagi tarnaqay geosiyosiy ziddiyat yangi, xavotirli bosqichga kirdi. Eron tomonidan otilgan bir nechta ballistik raketa Isroilning milliy xavfsizlik sohasidagi asosiy idorasiga, aniqrog‘i, Tel-Avivda joylashgan Milliy xavfsizlik vazirligi binosiga kelib tushdi. Bu haqda Eronning rasmiy axborot agentligi — IRNA ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu zarba Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli harbiy operatsiya doirasida qilingan. Korpus bayonotida aytilishicha, bu faqatgina vazirlik binosiga emas, balki Isroildagi bir necha harbiy nuqtalar, havo bazalari va strategik obyektlarga ham qaratilgan.

— “Bugungi operatsiya davomida Isroildagi o‘nlab harbiy va strategik nishonlar qat’iy ravishda zarbalandi. Ular orasida Milliy xavfsizlik vazirligi bosh qarorgohining ham borligi tasdiqlandi”, — deyiladi korpus tarqatgan bayonotda.

Hozircha Isroil rasmiylari ushbu hujum bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Ammo mahalliy OAV xabariga ko‘ra, zarba natijasida bino atrofidagi hududlarda zarar kuzatilgan va xavfsizlik xizmatlari fuqarolarni evakuatsiya qilgan.

Bu voqea Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik yanada avj olayotganini ko‘rsatadi. Xalqaro ekspertlar fikricha, Eron tomonidan xavfsizlik idorasiga berilayotgan bunday aniq zarbalar nafaqat harbiy, balki siyosiy tanbeh sifatida ham baholanishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va voqealar rivoji haqida tezkor ma’lumot berib boradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?