date
views 372

Isroil zarbasi AQSH–Eron muzokaralariga nuqta qo‘ydimi? Endi nima bo‘ladi?

Isroil zarbasi AQSH–Eron muzokaralariga nuqta qo‘ydimi? Endi nima bo‘ladi?
Isroilning hujumlari AQSH–Eron muzokaralarini batamom yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bemisl bosim ostidagi Eron muzokaraga qaytadimi? Mintaqaning boshqa davlatlari bu konfliktga qanday munosabat bildiryapti? Kun.uz studiyasida – siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov, Shavkat Ikromov va Shuhrat Rasul sharhi.

Shavkat Ikromov: Eronning dasturi bo‘yicha AQSH bilan muzokaralari bevosita Isroil manfatlari bilan bog‘liq. Donald Tramp muzokaralar davomida Eron tomonidan munosib javobni 60 kun kutamiz va bizning shartlarimizga rozi bo‘lishi kerak degan. Aytilgan muddat tugab, 61-kun, ya’ni 13 iyundan boshlab harbiy harakatlar boshlanib ketdi.

Muzokaralar davom etishi hozir so‘roq ostida turibdi. Lekin shunaqa ma’lumotlar borki, Eron urushni uzoq davom ettira olmaydi. Isroil har qanday harakatlarini AQSH bilan hamkorlikda olib boradi va Eron bu urushdan chiqish uchun ham avval Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvga erishishi kerak.

Shuning uchun ham Eron nomaqbul sharoitlarda yadroviy muzokaralarga qaytishi mumkin. Lekin Eron tomonidan hozir berilayotgan ma’lumotlarda yadroviy muzokaralar ma’lum vaqt to‘xtaydi deyilyapti. Harbiy tazyiqqa uchragan Tehron bunday sharoitda muzokaralarni davom ettirmaydi degan fikrdaman.

Kamoliddin Rabbimov: Saudiya tashqi ishlar vaziri Isroilning hujumini oqlab bo‘lmas, ochiq-oydin va o‘ta qaqshatqich agressiya deb ta’rifladi. Saudiya Arabistoni Eronning tarafini olmayapti, aksincha Ar-Riyod o‘zidan qo‘rqa boshladi, chunki bu operatsiya orqali agar shunday qudratli bo‘lgan Eron qaqshatqich zarbaga uchratayotgan bo‘lsa, masofa va joylashuv jihatdan Isroilga yaqin Saudiya ham kun kelib Tel-Avivning bunday zarbalariga uchramasligini hech kim kafolatlamagan.

Saudiya Arabistoni mintaqadagi arab davlatlarining lideri va aksariyat hukumatlar unga ergashadi. Turkiya ham juda qattiq bayonot beryapti. Chunki Yaqin Sharqda keyingi bir yarim yildan ortiq vaqt mobaynida G‘azoda bo‘lgan holat bularning ko‘pining ko‘zini ochdi aslida. Isroilning asosiy maqsadi – bosqichma-bosqich katta Isroil davlatini tashkil qilish.

Fotokollaj: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil zarbasi AQSH–Eron muzokaralariga nuqta qo‘ydimi? Endi nima bo‘ladi?