
Pekin — Xitoy bozorida “Labubu” o‘yinchog‘iga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi — yangi trendga aylangan Wakuku nomli o‘yinchoq qizlar va yoshlar orasida katta e’tibor qozonmoqda. TikTok foydalanuvchilari bu yangi qahramonni “budjet Labubu” deb atashmoqda, deb yozadi Pravilamag.ru sayti.
Wakuku personaji 2022–2023 yillarda Xitoyning Letsvan kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2024 yildan ommaviy savdoga chiqarildi. Qisqa vaqt ichida bu o‘yinchoq yoshlar, ayniqsa zummerlar (2000 yillardan keyin tug‘ilgan avlod) orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Mart oyida Pekindagi Miniso Land do‘konida panda ko‘rinishidagi Wakuku o‘yinchog‘i taqdim etildi. Ushbu mahsulot do‘kon daromadini 90 foizga oshirdi.
Iyunda esa Nankindagi Miniso Space ochilish marosimida yangi Wakuku modeli ikki soat ichida to‘liq sotilib ketdi.
Wakuku o‘yinchoqlari, Pop Mart'ning mashhur Labubu kabi, maxfiy qutilarda sotiladi. Xaridor qutisini ochmaguncha, uning ichidagi qahramon qay biri ekanini bilmaydi. Bu element mijozlarda qiziqish uyg‘otadi.
Shuningdek, Wakuku'lar kichik o‘lchamda bo‘lib, sumka, ryukzak yoki belbog‘ga ilib yurish uchun moslashtirilgan — bugungi kunda bu nafaqat o‘yinchoq, balki moda aksessuari hamdir.
Labubu o‘yinchoqlari ko‘pincha qimmat va eksklyuziv narxlarda sotiladi. Wakuku esa arzonroq: bitta qutisi 640 dan 1700 rublgacha (taqriban 85–230 ming so‘m) baholanmoqda. Shu bois, TikTok'da foydalanuvchilar uni “budjet variant” sifatida ta’riflashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar