
Janubiy Koreyaning Yonhap nashri xabariga ko‘ra, Ukrainadagi urush davomida Shimoliy Koreya Rossiyaga ulkan miqdorda qurol-yarog‘ va snaryadlar yuborgan. Bu haqda mamlakatning Harbiy razvedka xizmati (DIA) hisobotida qayd etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR jami 28 mingta konteyner orqali Rossiyaga artilleriya asketlari yetkazib bergan. Agar bu miqdor 152 mm kalibrdagi snaryadlar hisobida baholansa, yetkazilgan o‘q-dorilar soni 12 milliondan oshadi, deyiladi hisobotda.
Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiya armiyasidagi yirik kalibrdagi snaryadlarning deyarli yarmi KXDR ishlab chiqarishiga tegishli. Rossiya hukumatining rasmiy bayonotida Shimoliy Koreyadan qurol sotib olingani tasdiqlanmagan, biroq urushning dastlabki bosqichida tilga olingan “snaryad yetishmovchiligi” haqidagi shikoyatlar endi eshitilmayapti.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Moskva va Pxenyan harbiy hamkorlikka oid bitim imzolagandi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya va Ukraina maxsus xizmatlarining xabariga ko‘ra, Pxenyan yaqin oylarda Rossiyaga 25–30 ming atrofida harbiy jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu esa urushdagi xalqaro ishtirok doirasini yanada kengaytirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar