date

Ispaniyada muhojirlarga qarshi noroziliklar avj oldi

Ispaniyada muhojirlarga qarshi noroziliklar avj oldi
Ispaniyaning janubi-sharqida joylashgan Torre Pacheco shaharchasida muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari ikkinchi kechada ham davom etib, bir nechta odamning jarohatlanishiga olib keldi, deb The Guardian xabar berdi.

"La Opinión de Murcia" mahalliy gazetasi xabariga ko‘ra, zo‘ravonlik kechasida tayoq bilan qurollangan guruhlar ko‘chada yurgan odamlar orasidan chet elliklarga o‘xshaganlarni izlashgan. Mahalliy hokimiyat kamida bitta odam hibsga olinganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, jarohatlanganlar soni haqida aniq raqam bermadi.

Bu voqealarga 68 yoshli erkakning "uch nafar shimoliy afrikalik yigit tomonidan kaltaklangani" haqida bergan intervyusi sabab bo‘lgan. Voqea videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va katta rezonans uyg‘otgan.

Shundan so‘ng, shahar hokimiyati juma kuni tinch namoyish uyushtirdi, ammo unda ishtirok etgan ayrim Ispaniyaning janubi-sharqida joylashgan Torre Pacheco shaharchasida muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari ikkinchi kechada ham davom etib, bir nechta odamning jarohatlanishiga olib keldi, deb The Guardian xabar berdi.

"La Opinión de Murcia" mahalliy gazetasi xabariga ko‘ra, zo‘ravonlik kechasida tayoq bilan qurollangan guruhlar ko‘chada yurgan odamlar orasidan chet elliklarga o‘xshaganlarni izlashgan. Mahalliy hokimiyat kamida bitta odam hibsga olinganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, jarohatlanganlar soni haqida aniq raqam bermadi.

Bu voqealarga 68 yoshli erkakning "uch nafar shimoliy afrikalik yigit tomonidan kaltaklangani" haqida bergan intervyusi sabab bo‘lgan. Voqea videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va katta rezonans uyg‘otgan.

Shundan so‘ng, shahar hokimiyati juma kuni tinch namoyish uyushtirdi, ammo unda ishtirok etgan ayrim o‘ta o‘ng kuchlar muhojirlarga qarshi shiorlar bilan chiqish qildi. "Deport Them Now" deb nomlangan guruh esa ijtimoiy tarmoq orqali shimoliy afrikaliklarga qarshi hujumga chaqirdi.

Yakshanba kuni Ispaniya hukumati 36 ming aholiga ega shaharda tinchlikni tiklashga chaqirgan murojaat bilan chiqdi.

Mursiya mintaqasi konservativ yetakchisi Fernando Lopez Miras ijtimoiy tarmoqda: "Torre Pacheco normal holatga qaytishi kerak. G‘azabni tushunaman, lekin zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi", – dedi.

Shahar meri Pedro Angel Roca Ternel RTVE telekanaliga bergan bayonotida: "Fuqarolarni xotirjamlikka chaqiraman", – dedi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha vazir, "Sumar" ittifoqidan chap qanot vakili Sira Rego esa Bluesky ijtimoiy tarmog‘ida migrantlarga qarshi zo‘ravonlikni qoralab, bu ishlar uchun "ultra-o‘ng" kuchlarni aybladi. o‘ng kuchlar muhojirlarga qarshi shiorlar bilan chiqish qildi. "Deport Them Now" deb nomlangan guruh esa ijtimoiy tarmoq orqali shimoliy afrikaliklarga qarshi hujumga chaqirdi.

Yakshanba kuni Ispaniya hukumati 36 ming aholiga ega shaharda tinchlikni tiklashga chaqirgan murojaat bilan chiqdi.

Mursiya mintaqasi konservativ yetakchisi Fernando Lopez Miras ijtimoiy tarmoqda: "Torre Pacheco normal holatga qaytishi kerak. G‘azabni tushunaman, lekin zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi", – dedi.

Shahar meri Pedro Angel Roca Ternel RTVE telekanaliga bergan bayonotida: "Fuqarolarni xotirjamlikka chaqiraman", – dedi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha vazir, "Sumar" ittifoqidan chap qanot vakili Sira Rego esa Bluesky ijtimoiy tarmog‘ida migrantlarga qarshi zo‘ravonlikni qoralab, bu ishlar uchun "ultra-o‘ng" kuchlarni aybladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada muhojirlarga qarshi noroziliklar avj oldi