
So‘nggi kunlarda Eronning Janubiy hududlarida havo harorati keskin oshdi. Eldorado Weather saytining ma’lumotlariga ko‘ra, Abodon shahri oxirgi 24 soat ichida dunyodagi eng issiq shahar sifatida qayd etildi.
Manbaga ko‘ra, Abodonda harorat 51 daraja Selsiyga yetgan va bu global issiqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha juda yuqori daraja hisoblanadi. Shu bilan birga, dunyodagi eng issiq 15 shahar ro‘yxatiga Eronning yana uch shahri — Omidiye, Ahvoz va Dezful ham kiritilgan.
Meteorologlarning ta’kidlashicha, Janubiy Erondagi bunday yuqori haroratlar «qizib ketgan havo oqimlari» va «atmosferadagi namlik darajasining pasayishi» bilan bog‘liq. Bu omillar issiqlikni yanada kuchaytiradi va odamlar salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash tashkilotlari aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ayniqsa yosh bolalar, keksa insonlar va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuridan himoyalanishi zarur. Shifokorlar ish vaqtida ko‘chaga chiqmaslik, suyuqlik iste’molini oshirish va havo konditsionerlaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, yaqin kunlarda harorat yana oshishi mumkin. Shu bois, hudud aholisi va mehmonlar xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar