Zilzila vaqtida ham bemorni tashlab ketmagan qahramonlar

2 daqiqa o'qish525
Zilzila vaqtida ham bemorni tashlab ketmagan qahramonlar

Kamchatkada sodir bo‘lgan kuchli zilzila paytida onkologiya dispanserida jarrohlik amaliyoti davom ettirilgani haqidagi xabar jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Bu voqea nafaqat shifokorlarning yurakdagi jasoratini, balki inson hayotini barcha xavf-xatarlardan ustun qo‘yishini namoyon qildi.

2025 yil 30 iyul kuni Tinch okeanida sodir bo‘lgan zilzila Petropavlovsk-Kamchatskiy shahriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Onkologiya dispanserida kechayotgan jarrohlik amaliyoti paytida barcha atrofdagi uskunalar silkinib, monitorlar larzaga keldi. Biroq shifokorlar shoshilmadi, hamshiralar va yordamchilar har kim o‘z vazifasini sidqidildan ado etdi.

Amaliyot vaqtida jarrohlar bemorni joni bilan asrab qolish uchun amaliy harakatlarni davom ettirdi. Xodimlardan biri jarrohlik stoliga mahkam yopishdi, boshqasi asbob-uskunalarning stolini ushlab turdi. Bir necha daqiqa davom etgan silkinishlar vaqtida metall idishlarning tushgani eshitildi, ammo shifokorlar bir lahza ham bemorni yolg‘iz qoldirmadi.

Kamchatka o‘lkasi sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Melnikov bu holatni «oq xalatdagi qahramonlik» deb atadi. U tibbiyot jamoasiga professionallik va vaziyatni barqaror saqlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor amaliyotdan keyin reanimatsiyada bo‘lib, ahvoli barqaror.

Hudud gubernatori Vladimir Solodov esa jamoa a’zolarini davlat mukofotlariga tavsiya etishga qaror qildi. U telegram-kanalidagi murojaatida, shifokorlarning amaliyot paytida ham bemorga g‘amxo‘rlikdan chekinmaganini e’tirof etdi va bu jasoratni yuksak baholash lozimligini ta’kidladi.

Jarrohlik bo‘limi rahbari Yana Gvozdeva “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida, bu laparotomik amaliyot bo‘lgani uchun jarrohlar uni to‘xtatishi mumkin emasligini aytdi. Chunki bemorni o‘sha holatda qoldirish nafaqat tibbiy, balki etik nuqtayi nazardan ham qabul qilib bo‘lmasdi.

U zilzila vaqtidagi hissiyotlari haqida shunday dedi: “Bu mening hayotimdagi eng kuchli zilzila bo‘ldi. Besh-olti daqiqa davomida to‘xtovsiz silkinishlar bo‘ldi. Bizda birgina maqsad bor edi – bemorni asrab qolish.”

Yana Gvozdevaga va uning jamoasiga davlat mukofotlari taqdim etilishi rejalashtirilgan. Ularning bu kabi professional yondashuvi har qanday sinov paytida ham shifokorlik burchini bajarish mumkinligini isbotladi.

Shu tariqa, Kamchatkadagi amaliyot zalida sodir bo‘lgan voqea butun Rossiyada va undan tashqarida ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. U nafaqat tibbiyot sohasi vakillarini, balki oddiy odamlarni ham ilhomlantirdi. Shu voqea inson hayoti har qanday xavfdan ustun ekanini yana bir bor isbotladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?