Tramp Oq uyni ta’mirlashga $200 million sarflamoqchi

1 daqiqa o'qish244
Tramp Oq uyni ta’mirlashga $200 million sarflamoqchi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyda so‘nggi yarim asrda kuzatilmagan katta qurilish va rekonstruksiya ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirlash ishlarining umumiy qiymati 200 million dollarga yetmoqda. Mazkur mablag‘lar Trampning shaxsiy hissasi va boshqa noma’lum homiylar tomonidan qoplanadi.

Oq uy rasmiy saytida yozilishicha, ta’mirlash doirasida asosiy maqsad – binoning yangi zamonaviy va keng bal zali bilan ta’minlanishi. Hozirgi kunda bunday miqyosdagi rasmiy tadbirlarni o‘tkazish uchun Oq uyda doimiy maydoncha mavjud emas. Ya’ni katta tantanalar o‘tkazish uchun har gal tashqi chatirlar o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.

Loyihaga ko‘ra, yangi bal zali 8 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va 650 nafargacha mehmonni sig‘dira oladi. Bu – hozirgi 200 kishilik Sharqiy zaldan uch barobar katta. Oq uy rasmiylari ta’kidlashicha, bu o‘zgarish rasmiy qabul marosimlari va xalqaro delegatsiyalarni munosib tarzda kutib olish imkoniyatini yaratib beradi.

Mazkur yangi inshoot 1902 yilda qurilgan va hozirda birinchi xonim Melaniya Tramp hamda yuqori lavozimli amaldorlar ofislari joylashgan Sharqiy qanot yaqinida barpo etiladi. Ta’mirlash ishlari doirasida bu qanot ham modernizatsiya qilinadi. Pravilamag nashrining yozishicha, Melaniya Tramp allaqachon o‘z ish xonasini bo‘shatgan va uning yangi ofis joyi keyinroq aniqlanadi.

Qurilish ishlariga tajribali tashkilotlar jalb etilgan. Arxitektura bo‘yicha McCrery Architects byurosi, Clark Construction qurilish guruhi va AECOM muhandislik kompaniyasi loyihani amalga oshiradi. Rejaga ko‘ra, ishlar joriy yil sentyabr oyida boshlanadi.

Oq uy vakillarining ma’lum qilishicha, bal zali qurilishi uchun kerakli mablag‘ni Donald Trampning o‘zi va bir nechta noma’lum homiylar shaxsan homiylik qilib ajratadi. Hukumat tomonidan mablag‘ ajratilmasligi bu loyihaning xususiy va siyosiy jihatdan muhim ekanini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?