date

Artemiy Lebedev 50 yoshida 11-marta ota bo‘ldi

Artemiy Lebedev 50 yoshida 11-marta ota bo‘ldi

Taniqli rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev yana bir bor ota bo‘ldi. Bu haqda u shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi, deb yozmoqda Pravilamag.

50 yoshga kirgan Lebedev bu safar beshinchi qizi dunyoga kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ruq “Moskvadagi eng nufuzli shifoxonalardan birida” amalga oshgan va dizayner jarayonda shaxsan ishtirok etgan.

“Hissiyotlarim? Birinchi o‘nta farzanddagi kabi — mutlaq baxt!” — deb yozadi Lebedev. Shuningdek, u yangi tug‘ilgan qizalog‘i bilan tushgan suratini ham e’lon qildi va unga: “Mijoz va ijrochi bir-biriga oshiq bo‘lganda, dunyodagi eng zo‘r dizayn paydo bo‘ladi”, deya izoh qoldirgan.

Dizayner bolaning onasi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvar oyida Lebedev 6 farzandini birga tarbiyalagan turmush o‘rtog‘i Alena Ivanova bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi. Qolgan to‘rt farzandi esa turli onalardan tug‘ilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Artemiy Lebedev 50 yoshida 11-marta ota bo‘ldi