Iyul oyi davomida Germaniya politsiyasi Fransiya, Luksemburg va Belgiya orqali g‘arbiy chegaralarda noqonuniy kirishga oid 4000 dan ortiq holatni aniqladi. Ulardan 2573 nafari Reynland-Pfals va Saar federal yerlariga aynan Fransiya orqali kirishga uringan.
Tekshiruvlar natijasida qonunsiz migrantlarning bir qismi qaytarildi: 1364 kishi Fransiyaga, 869 kishi Luksemburgga va 132 kishi Belgiyaga deportatsiya qilindi. Bu raqamlar faqat iyul oyiga tegishli bo‘lib, yakuniy statistika hali e’lon qilinmagan.
Federal politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, chegara nazorati vaqtida 144 kontrabandachi qo‘lga olingan, shuningdek, 480 nafar shaxs order asosida hibsga olingan. Ma’lumot uchun, 2024 yil 16 sentyabrdan Germaniya barcha chegaralarida vaqtinchalik nazoratni qayta joriy etgan. Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt esa bu rejim sentyabrdan keyin ham davom etishini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!