The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning davlatga qarashli China State Shipbuilding Corporation (CSSC) kompaniyasi aksiyalar orqali qo‘shilish yo‘li bilan China Shipbuilding Industry Corporation (CSIC) tarkibini o‘z ichiga qo‘shishga tayyorlanmoqda.
Yangi birlashgan kompaniya dunyodagi umumiy kemasozlik quvvatlarining taxminan 20 foizini nazorat qiladi. Uning aktivlari va bozor qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda.
Ilgari CSSC va CSIC bir tuzilma bo‘lgan, ammo 1999 yili Pekin raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ularni ajratgan. CSIC asosan tijoriy kemalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, harbiy-dengiz bo‘linmasiga ham ega. Masalan, CSIC Xitoyning birinchi avianoses kemasi — “Shandun”ni qurgan.
Jurnal yozishicha, ushbu ikki yirik kompaniyani qo‘shish orqali Pekin sohada samaradorlikni oshirish va tarmoqqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarbalarga nisbatan barqarorlikni mustahkamlashni ko‘zlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!