date

Afg‘onistonda ochlik sabab oilalar qizlarini sotishga majbur bo‘lmoqda

Afg‘onistonda ochlik sabab oilalar qizlarini sotishga majbur bo‘lmoqda

Afg‘onistonning G‘ur viloyatida iqtisodiy inqiroz va ochlik sababli ayrim oilalar og‘ir qarorlar qabul qilishga majbur bo‘layotgani xabar qilinmoqda. Bu haqda BBC nashri ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda qariyb 4,7 millionga yaqin aholi ocharchilik xavfi ostida yashamoqda. Ishsizlikning yuqoriligi va xalqaro yordamning kamayishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Hududlarda ko‘plab erkaklar ish izlab shahar markazlariga chiqsa-da, ko‘pchilik barqaror daromad topa olmayapti. Natijada ayrim oilalar yashash uchun qiz farzandlarini erta turmushga berish yoki og‘ir sharoitda “sotish” kabi majburiy qarorlarga duch kelayotganini bildirmoqda.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, 7 yoshli egizak qizlari bor bir erkak ham oilasini boqish uchun qizlaridan birini sotishga majbur bo‘lish ehtimolini tilga olgan. Uning aytishicha, bu qaror yurakni ezsa-da, boshqa imkoniyat qolmagan.

Yana bir holatda og‘ir kasallik sabab operatsiya xarajatlarini qoplay olmagan ota 5 yoshli qizini qarindoshiga sotishga majbur bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar moddiy imkoniyat bo‘lganida bunday qaror qabul qilinmas edi. Qizcha 5 yildan keyin 10 yoshga to'ladi va qarindoshining o'g'illaridan biriga turmush chiqishga majbur bo'ladi.

Afg'onistonda voyaga yetmaganlar nikohi keng tarqalgan.

Mutaxassislar Afg‘onistonda voyaga yetmaganlar nikohi va bolalar huquqlari bilan bog‘liq muammolar uzoq yillardan beri jiddiy ijtimoiy muammo bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda ochlik sabab oilalar qizlarini sotishga majbur bo‘lmoqda