Vashingtonlik Liza Fayrmen dunyodagi eng yirik boshqotirma to‘plamiga ega bo‘lib, yangi rekord sohibi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozmoqda Peopletalk.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 10 may sanasiga qadar Lizaning kolleksiyasida jami 4060 ta turli xil boshqotirma bor. Uning to‘plamida kichik to‘plamlardan tortib, 40 320 bo‘lakdan iborat ulkan “Mikki Maus” boshqotirmasigacha mavjud. Liza 2019 yildan bu xobbini boshlagan va haligacha boshqotirma yig‘ish bo‘yicha musobaqalarda faol qatnashib kelmoqda.
Avvalgi rekord 2017 yilda 1047 ta boshqotirma bilan braziliyalik Luiza Figeyredoga tegishli edi. Keyinchalik Filippinlik Jorjina Gil-Lakuna 1028 ta topishmoq bilan vaqtincha peshqadam bo‘lgan. Biroq Liza Fayrmenning 4060 ta boshqotirmadan iborat kolleksiyasi ularning ko‘rsatkichini uch barobardan ham ortiqqa oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!