date

McDonald's va BTS yangi syurpriz tayyorladi

McDonald's va BTS yangi syurpriz tayyorladi

Fast-fud dunyosida yetakchi bo‘lgan McDonald's mashhur Janubiy Koreya guruhi BTS bilan yangi hamkorlik boshladi. Bu safar kompaniya maxsus Happy Meal to‘plamlarini taqdim etmoqda, ularda guruh a’zolaridan ilhomlangan TinyTAN o‘yinchoqlari joy olgan, deb yozmoqda Peopletalk.

McDonald's ma’lum qilishicha, yangi to‘plamda guruhning yetti ishtirokchisi – Jungkook, V, Jimin, Suga, Jin, RM va J-Hope obrazlaridagi ikki xil kolleksiya bo‘ladi. Birinchi to‘plam – Throwback Edition 2021 yildagi BTS Meal reklamasi liboslaridagi qahramonlarni o‘zida aks ettiradi. Ikkinchisi – Encore Edition esa ularning so‘nggi hamkorlikdagi sahna ko‘rinishlaridan ilhomlangan.

Shuningdek, kompaniya hamkorlik haqidagi rasmiy xabarni e’lon qilgan kuniyoq, ijtimoiy tarmoqlarda TinyTAN personajlari kiyadigan liboslar rasmlari hamda TinyTAN Happy Meal sotiladigan 66 mamlakat ro‘yxatini joylashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » McDonald's va BTS yangi syurpriz tayyorladi