date

Yaponiya osmonida ko‘zni qamashtirgan ulkan meteor

Yaponiya osmonida ko‘zni qamashtirgan ulkan meteor

Yaponiyaning g‘arbiy hududida osmonda paydo bo‘lgan g‘ayrioddiy yorqin olov shari aholini hayratga soldi va yulduz kuzatuvchilarini hayajonga solib qo‘ydi. Mutaxassislarning aytishicha, yuzlab kilometr uzoqlikdan ham ko‘rinadigan bunday chaqnashni favqulodda yorqin meteor yuzaga keltirgan, деб ёзмоқда Peopletalk.

NHK telekanali xodimi Yosixiko Hamahata Miyazaki prefekturasida mashinasida ketayotganida hodisaga guvoh bo‘ldi:

“Men yuqoridan tushayotgan oq nurni ko‘rdim. U shu qadar kuchli ediki, atrofimizdagi uylarning konturlari tiniq ko‘rinar edi. Go‘yo tong otgandek bo‘ldi. Bir zumda hayrat va sarosimaga tushdim,” — deya so‘zlab berdi u.

Senday kosmik muzeyi rahbari Toshixisa Maeda ham bu juda yorqin meteorit bo‘lganini tasdiqladi. Uning fikricha, u Tinch okeaniga qulagan bo‘lishi mumkin. “Odamlar havoda titrashlarni ham sezishdi. U Oydek yorqin porladi,” — dedi u.

NASA ma’lumotiga ko‘ra, bunday voqealarni yuzaga keltiruvchi jismlar odatda bir metrdan katta bo‘ladi. Atmosferada yorqin portlash hosil qiluvchi bunday jismlar ilmiy adabiyotda “bolid” deb yuritiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya osmonida ko‘zni qamashtirgan ulkan meteor