date

Qirg‘izistonda shifokorlarga “choy puli” qonuniylashtirilishi mumkin

Qirg‘izistonda shifokorlarga “choy puli” qonuniylashtirilishi mumkin

Qirg‘izistonda tibbiyot xodimlariga “choy puli” berishni qonuniylashtirish tashabbusi muhokama qilinmoqda. Adliya vaziri Ayaz Bayetov 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan byurokratiyaga qarshi idoralararo komissiya yig‘ilishida “ixtiyoriy qo‘shimcha to‘lov” tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi, deb xabar berdi 24.kg.

Uning ta’kidlashicha, bu tizim mutlaqo shaffof bo‘lishi shart: to‘lovlar faqat kassa orqali, xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak va belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. “Ofitsiantga choychaqa — yaxshi ohang, vrachga choychaqa — pora. Bu noto‘g‘ri!”, — dedi vazir.

Ayaz Bayetovga ko‘ra, to‘lov tizimining tijoratlashib ketmasligi uchun bemorlardan xizmatdan oldin pul talab qilinmasligi qat’iy belgilab qo‘yilishi zarur. Shuningdek, bemorlar to‘lovdan voz kechishi mumkinligi, “ixtiyoriylik” haqidagi shakllarni xizmatdan keyin imzolash amaliyoti joriy etilishi kerak.

Sog‘liqni saqlash vaziri Erkin Checheybayev ham mazkur taklifni izohlar ekan, to‘lovlar ixtiyoriy ravishda va faqat kassa orqali amalga oshirilishi mumkinligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mablag‘ning bir qismi shifoxonani rivojlantirishga, qolgan qismi esa bevosita shifokorlar, hamshiralar va sanitar xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda shifokorlarga “choy puli” qonuniylashtirilishi mumkin