date

Britaniyalik ayol kalamushlari chizgan rasmlarni sotib, daromad topmoqda

Britaniyalik ayol kalamushlari chizgan rasmlarni sotib, daromad topmoqda

Buyuk Britaniyada kutilmagan holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Oddiy talabaning uy hayvonlari bo‘lgan kalamushlar hozirda internet orqali katta pul ishlab topa boshladi. "Daily Star" yozishicha, Britaniyalik Ella Vudlend o‘zining sakkizta kalamushini “ijodkor”ga aylantirdi va ular chizgan asarlarni sotish orqali daromad ko‘ra boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil fevral oyida Ella ilk bor uy hayvonlariga akvarel va bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘yoqlar surilgan xolst atrofida erkin harakatlanishga ruxsat berdi. Natijada ularning yugurishi orqali rang-barang izlardan tashkil topgan mavhum kartinalar paydo bo‘ldi. Shu vaqtdan keyin u ushbu asarlarni internet orqali savdoga qo‘yishga qaror qildi.
Avvaliga bu rasmlar katta qiziqish uyg‘otmadi, ularning bahosi ham arzon — o‘n funt sterling atrofida edi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqalishi bilan vaziyat keskin o‘zgardi. Millionlab tomoshalar ortidan talab juda yuqori darajada oshdi. Endi esa bitta rasmning bahosi 500 funtgacha ko‘tarilgani aytilmoqda.
Ella Vudlend topgan mablag‘larni asosan o‘z kalamushlarining yaxshi hayotiga sarflayapti. Masalan, u allaqachon 250 funtga teng bo‘lgan yuqori sifatli qafas, maxsus tunnellar va qimmat ozuqa aralashmalari sotib olgan. Shu orqali u hayvonlariga yanada qulay sharoit yaratib bermoqda.
Ellaning ta’kidlashicha, avvallari buyurtmalar juda kam kelgan — haftasiga ikki yoki uchtadan oshmagan. Biroq mijozlardan biri rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgandan keyin talab 500 foizga ko‘tarilgan. Hozirda u haftasiga 20 ga yaqin asar sotishga ulgurmoqda va ularning barchasi qisqa vaqt ichida sotib olinadi.
Mutaxassislar ta’kidlamoqda: bu voqea nafaqat internetdagi noodatiy trendni, balki odamlaring uy hayvonlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ham ko‘rsatadi. Ella Vudlend esa kalamushlarining “talant”i orqali nafaqat moddiy manfaat ko‘rayotgan, balki minglab odamlarni ijobiy kayfiyat bilan ham ta’minlayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ayol kalamushlari chizgan rasmlarni sotib, daromad topmoqda