G‘azoda rasmiy ocharchilik boshlandi

1 daqiqa o'qish1.3K
G‘azoda rasmiy ocharchilik boshlandi

IPC — BMTning global ochlikni kuzatish tizimi — G‘azo shahri va uning atrofida rasmiy ocharchilik boshlanganini ma’lum qildi, deb Kursiv.media xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda 514 ming kishi yoki aholining taxminan to‘rtinchi qismi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Sentyabr oyining oxiriga kelib, bu raqam 641 ming kishiga yetishi mumkin.

BMTning insonparvarlik ishlari bo‘yicha rahbari Tom Fletcher bu fojiani oldini olish mumkin bo‘lganini, biroq Isroil tomonidan yaratilayotgan tizimli to‘siqlar sababli oziq-ovqat yordamlari chegaralarda to‘xtab qolayotganini aytdi. Isroil esa bu hisobotni “yolg‘on va tarafkashlik” deb rad etdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azodagi ocharchilikni “insoniyat uchun fojia” deb atadi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish hamda insonparvarlik yordamlarini bemalol yetkazishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, bu IPC tomonidan Afrikadan tashqarida qayd etilgan birinchi ocharchilik bo‘lib, vaziyat Deir al-Balah va Xon Yunis hududlariga ham yoyilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?