Xitoy sun’iy intellekt yordamchisini kosmik stansiyada ishga tushirdi

1 daqiqa o'qish208
Xitoy sun’iy intellekt yordamchisini kosmik stansiyada ishga tushirdi

Xitoyning “Tyangun” kosmik stansiyasida “Ukun” nomli sun’iy intellekt chat-boti ish boshladi, deb Kursiv.media xabar berdi.

U katta til modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 15-iyul kuni “Tyan’chjou-9” yuk kemasi orqali stansiyaga yetkazilgan.

“Ukun” ekipajga murakkab operatsiyalarni rejalashtirish, ko‘rsatmalar berish hamda real vaqt rejimida ma’lumot taqdim etishda yordam bermoqda. Uchinchi marta ochiq kosmosga chiqish jarayonida kosmonavtlar ushbu tizimdan foydalanib, aniq tavsiyalar olishgan va uning qulayligi hamda to‘liqligini yuqori baholashgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu tajriba Xitoy kosmik dasturlarida sun’iy intellektni kengroq qo‘llash, missiyalar xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?