Tramp qo‘lidagi ko‘karishlar va salomatlik bilan bog‘liq xavotirlar oshdi

1 daqiqa o'qish724
Tramp qo‘lidagi ko‘karishlar va salomatlik bilan bog‘liq xavotirlar oshdi

AQSH Prezidenti Donald Trampning sog‘lig‘i so‘nggi kunlarda yana omma e’tiborida turibdi. “The Daily Beast” nashriga ko‘ra, davlat rahbari qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgan va u bu nuqtani kosmetika vositasi — qo‘liga qalin krem surkab yashirgan.

Surotlarda ko‘rish mumkinki, qo‘lning ko‘kargan joylari to‘liq namoyon emas, biroq qo‘l krem qatlami bilan yopilgan. 79 yoshli Tramp o‘z lavozimiga qayta kirishidan beri bir necha bor o‘ng qo‘lidagi ko‘karishlarni omma nazarida kosmetika yordamida yashirishiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tish kerakki, rasmiy Vashington avvalroq Prezident qo‘lidagi ko‘karishlarni tez-tez qo‘l siqishlari bilan bog‘lagan edi. Aprel oyida shifokor Shon Barbabella Trampning yillik tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qilib, davlat rahbarining jismoniy va kognitiv salomatligi “a’lo darajada” ekanini ma’lum qilgan.

Iyul oyida esa Prezident ma’muriyati unga surunkali venoz yetishmovchilik tashxisini qo‘ygan, biroq salomatlik umumiy holati a’lo ekani ta’kidlangandi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda olingan fotosuratlarda Trampning oyoqlari shishib, qo‘li ko‘kargani ko‘rinishda, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Kotibning tushuntirishicha, oyoq shishishi venoz kasalligi bilan bog‘liq bo‘lib, eskirgan klapanlar qonning oyoqdan yurakka qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday holat hozirda keng tarqalgan va ayniqsa 70 yoshdan oshgan fuqarolarda uchraydi.

Matbuot e’tiroficha, oxirgi oylarda Prezidentning omma oldidagi chiqishlari va surati uning salomatligi joyida ekanligi haqida muntazam savollar tug‘dirmoqda. Shundan kelib chiqib, qo‘ldagi ko‘karishlar va shishgan oyoqlar Trampning sog‘liq holatiga qiziqishni yanada oshirgan.

Itogiga ko‘ra, Trampning qo‘li va oyoqlaridagi o‘zgarishlar nafaqat kosmetik nuqtayi nazarda, balki tibbiy jihatdan ham aholi e’tiborini tortuvchi holat bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?