date

Yaponiyada smartfondan foydalanishga kunlik chegara joriy etiladi

Yaponiyada smartfondan foydalanishga kunlik chegara joriy etiladi
Yaponiyada raqamli texnologiyalardan ortiqcha foydalanish va uning salomatlikka salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan yangi tashabbus e’lon qilindi. Mamlakatning markaziy qismida joylashgan Toeake shahri rahbariyati aholiga kuniga ikki soatdan ziyod smartfondan foydalanmaslikni tavsiya etdi.

Bu tashabbus jazo yoki majburiy choralarni o‘z ichiga olmaydi. Uning asosiy maqsadi raqamli giyohvandlik deb ataladigan muammoni yumshatish va yoshlar hamda kattalarda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdir, deyiladi

Yaponiya Bolalar va oilalar agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yoshlar ish kunlari internetda kamida 5 soat vaqt sarflashi aniqlangan. Mahalliy mutasaddilarning fikricha, bunday holat ko‘plab muammolar — uyqu tartibining buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik va ruhiy salomatlikka bog‘liq xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan ikki soatlik chegara tavsiya qilinmoqda.

Loyihada, shuningdek, bolalar uchun alohida “komendantlik soati” ham nazarda tutilgan. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soat 21:00 dan keyin, o‘rta va yuqori sinfdagi o‘quvchilar esa 22:00 dan keyin smartfondan foydalanmasliklari lozimligi aytilmoqda.

Toeake shahri meri Masafumi Koki bu cheklovlar majburiy emasligini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, smartfondan ortiqcha foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu bois aholi ushbu tavsiyalarga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Loyiha bo‘yicha yakuniy qaror kelasi hafta qabul qilinadi va agar tasdiqlansa, oktyabr oyidan kuchga kiradi.

Biroq, tashabbus jamoatchilikda turli fikr va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim internet foydalanuvchilari ikki soatlik cheklov film ko‘rish yoki elektron kitob o‘qish uchun ham yetarli emasligini aytsa, boshqalar esa bunday qarorlarni davlat emas, balki oila va shaxsning o‘zi hal qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada smartfondan foydalanishga kunlik chegara joriy etiladi