Malayziyada juma namoziga bormaganlarga qamoq jazosi

2 daqiqa o'qish519
Malayziyada juma namoziga bormaganlarga qamoq jazosi

Malayziyaning Trenganu shtatida diniy qonunlarning qo‘llanishi yanada keskin tus oldi. Yaqinda qabul qilingan yangi qoidaga ko‘ra, juma namozini sababsiz qoldirgan erkaklarga qattiq jazo belgilandi. Bu haqda “The Guardian” xabar tarqatdi.

Yangi tartibga muvofiq, shariat qonunlari asosida birinchi marta juma namoziga bormaganlar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ular 3 ming ringgit (taxminan 8,7 million so‘m) jarima to‘laydi yoki har ikki jazo birgalikda qo‘llanishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, qoidalar shu haftadan amalga kirdi va nazorat ishlari maxsus diniy patrullar hamda Trenganu Islom ishlari departamenti zimmasiga yuklatildi.

Avvalroq ketma-ket uch juma namozini qoldirganlarga olti oygacha qamoq yoki 1 ming ringgit jarima belgilangan edi. Endi esa jazo choralari yanada kuchaytirilib, jamoatchilik orasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Tanqidchilar bu qarorni inson huquqlariga zid, deb baholashdi. Jamoatchilik faollaridan biri:
“Bunday qonunlar Islomga yomon nom chiqaradi. Diniy erkinlik – faqat ishonish yoki ibodat qilish huquqi emas, balki qatnashmaslik imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi”, – deya ta’kidladi.

Faollar bu choralarni ochiq-oydin inson huquqlarini buzish deb hisoblab, hukumatni jazo siyosatini bekor qilishga chaqirishdi. Shu bilan birga, Trenganu shtati qonunchilik majlisi a’zosi Muhammad Xalil Abdul Hadi bu qonun oxirgi chora sifatida qo‘llanishini aytdi. Unga ko‘ra, juma namozi musulmonlar uchun faqat diniy ramz emas, balki itoat va birlikning yorqin ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, mazkur qonun yangilik emas. U 2001 yildayoq qabul qilingan bo‘lib, 2016 yilda Ramazon oyini hurmat qilmaslik va ko‘chada ayollarga tegajog‘lik qilish kabi holatlar uchun og‘irroq jazo choralari bilan kengaytirilgan.

Malayziyada Islom davlat dini hisoblansa-da, mamlakatda ikki xil huquq tizimi amal qiladi. Bir tomondan umumiy fuqarolik qonunlari qo‘llanilsa, musulmonlar shaxsiy va oilaviy masalalarda shariat sudlari orqali hukm qilinadilar. Mamlakat aholisi 34 million nafar bo‘lib, ularning taxminan uchdan ikki qismi musulmonlardan iborat.

Shubhasiz, Trenganudagi yangi qoida jamiyatda katta tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Chunki bir tarafdan diniy amallarning ahamiyatiga urg‘u berilsa, boshqa tarafdan inson erkinligi va huquqlari haqidagi masalalar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?