Ukraina mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy xalq va xalqaro hamjamiyatga yo‘llagan videomurojaatida muhim fikrlarni bayon qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina endi hech qachon “murosa” deb ataladigan sharmandalikka rozi bo‘lmaydi va o‘z yo‘lini sha’ni hamda irodasi bilan davom ettiradi.
Prezident nutqida aytib o‘tdiki, Ukrainaga hozir nafaqat quloq solishmoqda, balki uning so‘zi bilan hisoblashishmoqda. “Bizga 'tashqarida kutib turing' demayapti, aksincha Ukraina stol atrofida tengdosh sifatida o‘tiribdi. Va bugun bizga 'faqat o‘zing hal qilasan' deyilmoqda”, — deya qayd etdi Zelenskiy.
Uning fikricha, AQSH ham, Yevropa ham bugun Ukraina hali g‘alaba qozonmaganini tan oladi, ammo eng muhimi — u aniq yutqazmaganiga ishonmoqda. Bu esa Kiyevning siyosiy va harbiy maydondagi pozitsiyasi tobora mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
Zelenskiy nutqida yana bir muhim nuqtani ta’kidlab o‘tdi: “Ukraina ittifoqchilikni, hamkorlikni, ilg‘or mudofaa texnologiyalarini yoki jasorat tajribasini so‘ramayapti. Aksincha, ularni taklif qilmoqda”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda ham Ukraina kambag‘al qarindosh emas, balki kuchli va ishonchli sherik sifatida ko‘rilayotganini barcha tan olmoqda. “Bizga YEI kerak. Ha. Lekin biz ham unga kerakmiz. Mana shu haqiqatni hamma qabul qilmoqda”, — dedi Zelenskiy.
Prezident murojaatida hududiy masalalar yoki NATOga qo‘shilish haqida so‘z ochilmadi. Ammo uning bildirgan qarashlari Ukraina uchun yangi bosqich boshlanayotganidan va uning xalqaro maydonda kuchli ittifoqchi sifatida tan olinayotganidan dalolat berdi.
Shu tariqa, Zelenskiyning nutqi Ukrainada mustaqillik bayramida nafaqat xalq ruhiyatini ko‘tardi, balki butun dunyoga Kiyevning o‘z pozitsiyasida qat’iy ekanini yana bir bor namoyon qildi.
Zelenskiy nutqi: Ukraina murosa emas, kuchli ittifoqchi bo‘ladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar