date

Bir million odam xavf ostida: Isroil G‘azoni egallashga tayyorlanmoqda

Bir million odam xavf ostida: Isroil G‘azoni egallashga tayyorlanmoqda

Isroil armiyasi G‘azo shahridan aholining chiqib ketishi “muqarrar” ekanini bildirdi. Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, shaharni egallashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Janubga ko‘chgan oilalarga gumanitar yordam berilishi aytildi.

So‘nggi kechalarda Isroil tanklari G‘azoning yangi hududlariga kirib, uylarni vayron qilgani haqida guvohlar xabar bermoqda. Odamlar yana ommaviy ravishda uylari va mahallalarini tark etishga majbur bo‘ldi.

BMT va xalqaro tashkilotlar bu hujumning og‘ir gumanitar oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirmoqda. Shaharda hali ham bir millionga yaqin odam yashayotgani aytilmoqda.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektorini to‘liq egallash niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ammo mamlakat ichida ham, xalqaro miqyosda ham unga bosim kuchaymoqda.

Hamas nazoratidagi sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri G‘azoda 62 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Hududdagi uylarning katta qismi vayron bo‘lgan, aholi esa ocharchilik va og‘ir sharoitlarda yashamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir million odam xavf ostida: Isroil G‘azoni egallashga tayyorlanmoqda