date

Xitoyda o‘yin qaramligiga qarshi noodatiy usul qo‘llanmoqda

Xitoyda o‘yin qaramligiga qarshi noodatiy usul qo‘llanmoqda

Xitoyda professional kibersportchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi klub o‘yin qaramligidan aziyat chekayotgan yoshlarga yordam berish uchun o‘ziga xos dastur ishga tushirdi, deb yozadi China Morning Post.

Hebey provinsiyasida 2018 yilda tashkil etilgan klub egasi Su Chenxao dastlab sportchilarni chempionlikka yetaklashni maqsad qilgan. Ammo tez orada u kiber o‘yinlarda faqat oz sonli odamgina yuqori natijalarga erisha olishini tushundi. Ko‘pchilik esa o‘yin orqali o‘qish yoki hayotdagi muammolardan qochishga urinardi.

Klub orqali hozirgacha 4000 ga yaqin bola o‘tgan, ularning 85 foizi onlayn o‘yinlarga qattiq berilib ketgani aniqlangan. Bu esa ularning kundalik hayoti va ta’limiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Su: “Bu yerda muhit shunchalik bosimli bo‘ladiki, o‘qishdan ko‘ra o‘yin og‘irroq tuyuladi”, deya ta’kidlaydi. Shu sababdan u maxsus “o‘yindan voz kechish” kursini joriy etdi.

Terapiya dasturining narxi tanlangan muddatga qarab farqlanadi: bir haftalik kurs bir necha yuz dollar, 22 kunlik davolash esa 1400 dollar atrofida.

Mashg‘ulotlar oddiy tartibda o‘tadi: qatnashchilar ertalab soat to‘qqizdan tunggacha kompyuterda o‘ynaydi, faqatgina tushlik va yugurish uchun tanaffus beriladi. Su aytishicha, kiberkarera qilishni istaganlardan biri ilk kundanoq talvasa tutgan, boshqa bir bola esa ikkinchi kuni yig‘lab uyiga qaytib ketgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bunday markazlar Xitoyda keng tarqalgan. Masalan, Sichuan provinsiyasidagi kibersport klubi so‘nggi 8 yil ichida 700 nafar o‘quvchini qabul qilgan, biroq ularning atigi 3 nafari professional darajaga ko‘tarila olgan. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, kiber o‘yinchi bo‘lib tanilish ehtimoli 120 mingdan birni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda o‘yin qaramligiga qarshi noodatiy usul qo‘llanmoqda