Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda uchrashib, ikki davlat munosabatlarini muhokama qildi. Putin aloqalar “mislsiz darajaga yetganini” ta’kidladi, Si esa Xitoy va Rossiya hamkorligi xalqaro o‘zgarishlarga dosh berganini aytdi.
Uchrashuv Xitoyda o‘tkaziladigan yirik harbiy parad arafasida bo‘lib o‘tdi. Parad Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yaponiyaning taslim bo‘lganining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Unda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ham qatnashishi kutilmoqda.
Ikki lider G‘arb davlatlarini tanqid qildi. Si “ba’zi mamlakatlarning zo‘ravonligi”ni qoraladi, Putin esa Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini oqlab, mojaro uchun G‘arbni aybladi.
Pekin Moskvaga nisbatan neytral pozitsiyada qolmoqda. AQSh va ittifoqchilari Xitoyni Rossiyaga yordam berayotganlikda ayblasa-da, Pekin buni rad etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!