Tramp Oq uyda kompaniyalar rahbarlariga ziyofat uyushtirdii, Mask yo‘q edi

1 daqiqa o'qish369
Tramp Oq uyda kompaniyalar rahbarlariga ziyofat uyushtirdii, Mask yo‘q edi

4 sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda texnologiya sohasidagi yirik kompaniyalar rahbarlari uchun kechki ovqat tashkil etdi. Biroq mehmonlar orasida Tesla, SpaceX va X platformasi asoschisi Ilon Maskning yo‘qligi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Euronews tarqatgan xabarga ko‘ra, Mask avvalroq mazkur ziyofatga taklif qilinganini, biroq shaxsiy sabablarga ko‘ra qatnashmaganini ma’lum qildi.

Tramp Oq uyda kompaniyalar rahbarlariga ziyofat uyushtirdii, Mask yo‘q edi

Prezident Tramp stol atrofida jamlangan nufuzli mehmonlar ichida Meta rahbari Mark Sukerberg, Microsoft asoschisi Bill Geyts, Apple bosh direktori Tim Kuk, OpenAI rahbari Sem Altman kabi sanoatning mashhur vakillari bilan suhbat qurdi. U o‘z nutqida sun’iy intellekt yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar va AQSH iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoyalardan faxrlanib, «Bu mamlakatimizni yangi bosqichga olib chiqadi», deya ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida Tramp har bir kompaniya rahbaridan mamlakat taraqqiyoti uchun sarmoya miqdorini so‘rab, qiziqa boshladi. Mark Sukerberg va Tim Kuk 600 milliard dollar atrofidagi ko‘rsatkichlarni tilga oldi. Google’ning Alphabet xoldingini boshqaruvchi Sundar Pichai 250 milliard dollarlik sarmoya haqida aytib o‘tdi. Microsoft rahbari Satya Nadella esa kompaniya yiliga 80 milliard dollargacha investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Tramp bu raqamlarni «juda yaxshi natija» sifatida baholadi.

Tramp Oq uyda kompaniyalar rahbarlariga ziyofat uyushtirdii, Mask yo‘q edi

Ziyofatda IBM prezidenti Arvind Krishna, Code.org asoschisi Kemeron Uilson, Oracle rahbari Safra Kas, Blue Origin direktori Devid Limp, Palantir rahbari Shyam Sankar va Scale AI asoschisi Aleksandr Vang kabi qator boshqa taniqli shaxslar ham qatnashdilar.

Oq uyning tasdiqlashicha, mazkur tadbir Trampning texnologik kompaniyalar bilan munosabatlaridagi navbatdagi muhim qadamlardan biri sifatida qayd etildi. Mehmonlar tomonidan bildirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ular mamlakatda innovatsiya va rivojlanish istiqbollariga katta umid bog‘lamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?