O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna yordam yubordi

1 daqiqa o'qish2.2K
O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna yordam yubordi

2025 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston tomonidan jami 265 tonna insonparvarlik yordami yuborildi. Afg‘onistonning Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahrida yordamni topshirish marosimi o‘tkazildi. Yuk “Termez Cargo Centre” hududida shakllantirilib, 14 ta yuk avtomashinasi orqali manziliga yetkazildi.

Yuborilgan yordam tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron va qandolat mahsulotlari, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 mingta yoping‘ich hamda 10 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar joy olgan.

Marosimda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Ular bu tashabbus Shavkat Mirziyoyevning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladi.

Afg‘oniston rasmiylari yordamni oddiy mahsulotlar emas, balki birodarlik va insoniylik ramzi sifatida qabul qilganini ma’lum qilishdi. Ular O‘zbekiston rahbari va xalqining bunday og‘ir damlarda afg‘on xalqi yonida bo‘lishini yuksak baholashdi.

Balx viloyati rahbariyati nomidan so‘zga chiqqan F. Robiy O‘zbekistonga chuqur minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu yordam chinakam qardoshlik va birdamlik namunasidir. Afg‘oniston xalqi va rahbariyati bu yordamni hech qachon unutmasligini qayd etdi.

Avgust oyi oxirida Afg‘oniston sharqida 6 magnitudali zilzila yuz berdi. Tabiiy ofat Kunar, Lagmon va Nangahor viloyatlariga katta ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab qishloqlar vayron bo‘ldi. Tog‘li hududlarda yo‘llar yopilib qoldi, ko‘pchilik aholi muammoli holatda qoldi.

Afg‘onistonning allaqachon murakkab holatdagi sog‘liqni saqlash tizimi ushbu falokatda yetarlicha yordam ko‘rsata olmayapti. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2205 kishiga yetdi, 3640 nafar kishi esa turli darajada jarohat olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?