Rim papasi Leo XIV Vatikaning Avliyo Pyotr maydonida 2006-yilda leykemiyadan vafot etgan 15 yoshli Karlo Akutisni avliyo sifatida e’lon qildi, deb yozadi Vatican News.
Associated Press’ning qayd etishicha, Akutis katolik cherkovi tomonidan kanonizatsiya qilingan birinchi ming yillik avliyo bo‘ldi. U dasturlashga qiziqqan, internetdagi faol va’zlari sababli “ilohiy ta’sirchi” laqabini olgan va mo‘jizalarga bag‘ishlangan veb-sayt yuritgan.
Cherkov Karlo Akutisga oid ikki mo‘jizani tan oldi. Ulardan biri Braziliyadan bo‘lgan bolaning uning xotirasi kunida sog‘ayishi, ikkinchisi esa Kosta-Rikadan kelgan ayolning og‘ir jarohatdan keyin Akutis dafn etilgan joyga tashrifidan so‘ng mo‘jizaviy ravishda sog‘ayishi bilan bog‘liq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar