Apple oʻzining ilk buklama telefonini taqdim etishi kutilmoqda

Apple kompaniyasi boʻlajak taqdimoti oldidan texnologiya olamida katta qiziqish uygʻotayotgan yangi qurilmalari haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi. Bloomberg nashri tahlilchisi va nufuzli insayder Mark Gurmanning maʼlumotiga koʻra, texnologiya giganti oʻzining ilk buklama smartfoni hamda yangi avlod flagmanlarini namoyish etishga hozirlik koʻrmoqda. Bu qurilmalar brend muxlislari uchun uzoq kutilgan tub burilish yasashi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni iPhone Duo deb nomlanishi rejalashtirilgan. Mazkur yangi turdagi qurilma bozor uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, kompaniyaning buklama gadjetlar bozoriga rasman kirib kelishini anglatadi va mavjud raqobat muhitini keskin oʻzgartirishi kutilmoqda.
Insayderning taʼkidlashicha, iPhone Duo modelining boshlangʻich narxi taxminan 2000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shu tariqa, Apple ushbu buklama smartfonni oʻz mahsulotlar qatoridagi eng qimmat va premium toifadagi modellar sirasiga kiritadi.
Qurilmaning eng yuqori modifikatsiyasi esa 2 terabayt hajmdagi ichki xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda. Ushbu maksimal versiyaning narxi naqd 3000 AQSh dollariga yetishi xabar qilinmoqda, bu esa uni bozordagi eng qimmat seriyali smartfonlardan biriga aylantiradi.
iPhone 18 Pro modellari yangi imkoniyatlarga ega boʻladi
Buxlama smartfondan tashqari, insayder kelgusi flagmanlar haqida ham qimmatli maʼlumotlarni oshkor qildi. Xususan, kelgusida chiqarilishi kutilayotgan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari sezilarli darajada yangilanadi.Maʼlumotlarga koʻra, ushbu flagmanlar kichraytirilgan va yanada takomillashtirilgan Dynamic Island elementiga ega boʻladi. Yangi texnologiya ikki vazifa oʻrniga bir vaqtning oʻzida uchta jarayonni bajarish imkonini taqdim etadi.
Shuningdek, yangi avlod smartfonlari professional darajadagi ilgʻor apparat va dasturiy taʼminot bilan taʼminlanadi. Bu oʻzgarishlar ayniqsa kamera imkoniyatlarini yanada oshirishga qaratilgan.
Qurilmalarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida zamonaviy bugʻ kamerasi (isparyitelnaya kamera) tizimi ham modernizatsiya qilinadi. Bu esa yuqori unumdorlik talab qiladigan vazifalarda qizishning oldini oladi.






























Izohlar 0
…