Shimoliy Karolinada 23 yoshli ukrainalik qochqin Irina Zarutska poyezdda pichoqlab o‘ldirildi. Politsiya ayolga hujum qilgan 34 yoshli Dekarlos Braunni qo‘lga oldi va u qotillikda ayblanmoqda.
Voqea videoga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu esa jamoatchilikda katta norozilik uyg‘otdi. Shahar meri buni sud tizimidagi xato deb atab, transportda xavfsizlikni kuchaytirishga va’da berdi.
Zarutskaning oilasi u 2022-yilda urushdan qochib AQShga kelgani va yangi hayotga tez moslashganini aytdi. U san’atga qiziqqan, hayvonlarni yaxshi ko‘rgan va oilasi bilan baxtli yashagan.
Hodisa siyosiy bahslarga ham sabab bo‘ldi. Ayrimlar Braun ilgari og‘ir jinoyatlar uchun jazoga tortilgani, ammo baribir ozodlikka chiqqanini tanqid qildi. Shtat rahbari esa jinoyatchilikka qarshi ko‘proq choralar ko‘rishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!